Özbekistan
Habati Group o‘z faoliyatini 2013-yilda Xorazm viloyati, Urganch shahrida, shu kompaniyaning asoschisi Shuhrat Ro‘zmetov tomonidan boshlab, dastlab moy distribyutori sifatida bozorga kirib keldi. O‘sha davrda kompaniya o‘z faoliyatini ijara asosidagi kichik ofis va omborxonada yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, birinchi qadamlardanoq mijoz ishonchi hamda sifatli xizmatga ustuvor ahamiyat berildi. 2019-yilning o‘zida kompaniya kengayish rejalarini davom ettirib, o‘ziga tegishli yer maydonini sotib oldi...
Habati Group o‘z faoliyatini 2013-yilda Xorazm viloyati, Urganch shahrida, shu kompaniyaning asoschisi Shuhrat Ro‘zmetov tomonidan boshlab, dastlab moy distribyutori sifatida bozorga kirib keldi. O‘sha davrda kompaniya o‘z faoliyatini ijara asosidagi kichik ofis va omborxonada yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, birinchi qadamlardanoq mijoz ishonchi hamda sifatli xizmatga ustuvor ahamiyat berildi. 2019-yilning o‘zida kompaniya kengayish rejalarini davom ettirib, o‘ziga tegishli yer maydonini sotib oldi. Keyingi 3 yil davomida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borildi va natijada 2022-yilda Habati Group o‘zining zamonaviy yangi binosiga ko‘chib o‘tdi. Bu bosqich kompaniya tarixidagi eng katta infratuzilmaviy yutuqlardan biri bo‘lib, barcha bo‘limlarning samarali ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratildi. 2024-yilda kompaniya yangi tarmoqni ishga tushirdi: avtomobil uchun filtrlar va motor moylari distribyutsiyasi. Bu yo‘nalish bo‘yicha asosiy brendlar – ProPac, Chilon va Uno, LUBEX. Bugungi kunda ushbu mahsulotlarni mamlakat miqyosida tanilgan brend darajasiga olib chiqish uchun marketing, sifat nazorati va bozor tadqiqotlari bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Bugun kunga kelib – Raqamlashtirish va tizimlashtirish sari qadamlar boshlandi. Hozirgi kunda Habati Group faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, ichki jarayonlarni tizimlashtirish va korporativ madaniyatni mustahkamlash bo‘yicha faol ishlamoqda. Kompaniyaning oliy maqsadi - uzluksiz o‘sishga intiladigan, kompaniya qadriyatlariga mos keladigan, bilimli va tashabbuskor xodimlardan iborat kuchli jamoani shakllantirish. Habati Group uchun har bir rivojlanish bosqichi ortida mehnat, izlanish, sinov va muvaffaqiyat yotadi. O‘sish bo‘lgan joyda qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy, ammo kompaniya ularni ortda qoldirish va yangi marralarga erishishdan to‘xtamaydi.
To'liq tavsifni o'qingYashirish